

소개
Mazkur metodik qo`llanmada o`zbek maktablarining ona tili darslarida foydalanilishi mumkin bo`lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, shuningdek, ularning ona tili ta'limi maqsadiga qaydarajada muvofiq kelishi xususida fikr, mulohaza yuritilgan. Zero, ta'lim o`zbek tilida olib boriladigan maktablarda ham ona tili ta'limi maqsadi oldida turgan asosiy masala bugungi kun va istiqbolda jamiyat ravnaqi uchun qanday shaxs, mutaxassis tayyorlash kerakligi bilan xarakterlanadi.



